O‘️zbekistonda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlaganlar 18 mln 750 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi. Qolaversa, aholi punktlarida egasiz hayvonlarni tuttirish choralarini ko‘rmagan mansabdorlarga 1 mln 875 ming so‘mdan 11 mln 250 ming so‘mgacha jarima qo‘llanadi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan fuqarolar saqlashi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar ro‘yxati tasdiqlandi. Shuningdek, davlat va ko‘chma sirklarda (shapito) yovvoyi hayvonlarni saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlandi.
Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi (WWF) tadqiqotiga ko‘ra, so‘nggi yarim asrda sayyoradagi yovvoyi hayvonlarning soni 73 foizga kamaydi. Yovvoyi tabiat uchun asosiy tahdidlar inson faoliyati natijasida yashash muhitining degradatsiyasi va yo‘qolishidir.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar ixtiyoridagi hamda sirk va shapitolarda saqlanuvchi yovvoyi hayvonlar reabilitatsiya markazlariga topshiriladi.
O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan aholi punktlari va boshqa hududlarga tushib qolganda himoyalash, qutqarish va jonsizlantirish tartibi bo‘yicha loyiha muhokamaga qo‘yildi.
28 fevral yovvoyi hayvon va qushlarni ovlashga ruxsat etilgan so‘nggi kun bo‘lib, 1 martdan ov mavsumi yakuniga yetadi. Ovchilardan ularga berilgan yo‘llanmalarni 10 kun muddatda tegishli tartibda topshirish so‘raldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting